O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

Agar kimdir yangilikdan so‘z ochsa, odamlar bor kuchi bilan unga qarshilik qiladi. Ular o‘zlarini bamisoli kar-soqovdek tutishadi, yangicha qarashga nafrat bilan munosabatda bo‘lishadi, shu tarzda yangi haqiqat o‘ziga yo‘l topishiga uzoq vaqt zarur bo‘ladi.

Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi.

Agar biz o‘zimizni o‘zganing o‘rniga qo‘yib ko‘rsak, boshqalarga nisbatan rashk va nafratimiz yo‘qolgan bo‘lur edi; agar biz boshqalarni o‘zimizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rsak, bizdagi manmanlik va g‘urur pasaygan bo‘lur edi.

Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi.

Bizning san’atimiz – bu haqiqat bilan ko‘zlarning qamashishi: faqat yuzda nafrat alomati bilan orqaga tislangandagi nur haqiqatdir.

“Mana Buyuklar” kanali