Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Vahima qilish yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog‘likdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir.

Ey Musulmon! Odob nima deb so‘rasang, bilki, odob — har beodobning odobsizligiga sabr qilishdir.

Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.

Oyning kechaga sabr qilishi uni oydinlatur. Gulning tikonga sabr qilishi gulga yoqimli hid berur.

Sabr qilaman, toki sabr sabrimdan charchaguncha

Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.

Kim sabrli bo‘lsa-o‘sha haqdir.

Shariat va dinning poydevori sabr va ishonch ekan.

Sabr va duo mo'minning eng yaxshi salohidir.

Ҳар қандай доноликнинг замини - сабр - қаноат.

Sabr hissiy va aqliy og‘irlik va amallarga chidashdir.

G‘azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi.

Sabrning avvali achchiq, oxiri shirin

“Mana Buyuklar” kanali