Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi.

Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.

Qadimda bir donishmand aytgan ekan: “Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo “Vaqt nima?” deb so‘rasalar, aytolmayman”.

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Bizning bor-yo‘q fazilatlarimiz fikrlarimizda mujassamdir. Shu bois biz fazo va vaqt bilan emas, balki fikrlarimiz bilan yuksalmog‘imiz lozim. Zotan, biz hech qachon fazo va vaqtni to‘ldirolmaymiz. Jo‘yali fikrlash axloqiylik ibtidosi.

Вақти-соати ўтгандан сўнг ижро бўладиган ваъдадан ҳеч бир яхшилик бўлмас.

Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir.

Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi

Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni...

Biz bo‘sh vaqtni qo‘lga kiritish uchun bo‘sh vaqtdan mahrum bo‘lamiz, tinch yashash uchun esa urishamiz.

Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.

Bekor o‘tgan umr, bu - barvaqt o‘lim topish demakdir.

Vaqti kelib fan xayoldan o'zib ketadi

Ish ko’pligi-yu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligi-yu, ish yo’qligidan qo’rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

Vaqtingiz cheklangan, shunday ekan, hayotingizni boshqa birovning hayotini yashashga sarflamang.

“Mana Buyuklar” kanali