Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.

Xulqlarning barchasi o‘z tabiati bilan go‘zal, yomon xulq-atvorlarga esa keyin erishilgan bo‘ladi.

Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi.

Yaxshi xulq yaxshilik alomatdir

Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.

Aqli yetuk insonning olti xislati bor: uchtasi uyida va uchtasi safarda bilinadi. Uyidagisi - tilovati Qur'on, masjidni obod qilmoq, Alloh uchun do'st tutinmoq. Safardagisi - borini o'rtaga tashlashi, husni xulq va gunoh bo'lmaydigan so'zlar bilan hazillashmoq.

Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi.

Donishmand va olimlarning xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo’q qiladi.

Кишининг орасталиги – унинг ўзига хослиги, табиийлиги, ўз хулқи ва кийимига эътиборлиги ҳамда соддалигининг ўзаро уйғунлигидир.

Kishini g‘azablanganda sinovdan o‘tkazmaguncha uning xulqiga ishonmang!

Одобсиз ишлари-ю бузуқ хулқлари кўрина бошлаган дўстларингиздан эҳтиёткорлик билан аста-аста йироқлашиб, сўнгра тамом алоқани узингиз, яна қайта келиб қўшилмангиз.

Karomatning eng zo‘ri o‘zingdagi yomon xulqni yaxshisiga o‘zgartira olishingdir.

“Mana Buyuklar” kanali