Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.

Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

Shirin so'z so'zlagan kishi hech kimdan yomon so'z eshitmaydi

Yomon gumon qalbning g'iybatidir

Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.

Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.

Be’mani hayot kechirish – yomon turmush kechirish emasdir, ammo sekin-asta o‘lishdir.

Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.

Yomon so'zki kelib jong'a urgay, ki jondin ham o'tub imong'a urg'ay

Kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Unga hamma muhtoj,… bolalar ham. Hamma gap ular uchun kitob tanlashda, biz hammadan oldin nomunosib tanlangan kitoblarni o‘qish hech narsa o‘qimagandan ko‘ra yomonroq va zararliroqdir, degan fikrga qo‘shilamiz

Ustod yovvoyilar orasiga borib yashashni ixtiyor etdi. Birov aytdiki: — Bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Ular yomon odamlar! Ustod shunday debdir: — Bu qanday gap? O‘zing yaxshi bo‘lsang, yomon nima qilsin?

Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi.

Бордур инсон зотида онча шараф, – Ким ямон ахлоқин этса бартараф.

“Mana Buyuklar” kanali