Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.

Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o‘z-o‘zidan kela qoladi.

Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.

Olamdagi barcha narsalar bir-biriga shu darajada chambarchas bog‘lanib ketganki, ulardan birini boshqalarisiz va yaxlit holda olmay turib anglab bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik odamlar anglash uchun emas, javob qaytarish niyatida tinglaydilar.

Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.

Kamchiliklarni tanqid qilmay turib bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin birlik ham bo‘lmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali