Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Тарбия, бу нисбатан кексароқ авлоднинг ўз тажрибаси, ўз эҳтироси, ўз эътиқодини ёш авлодга топшириш демакдир.

Taqdir tomondan tanlanganlar o‘z avlodiga boshchilik qiladi, ba’zilarining ta’siri uzoq davom etadi, biroq ko‘pchiligi yangi yetakchilarga o‘rin bo‘shatib beradi va avlodlar ularni unutadi.

Qancha pul topishingiz muhim emas. Eng muhimi - qanchasi qolishi, ular qanday ishlashi va kelajakda nechta avlodingizga yetishi.

“Mana Buyuklar” kanali