Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.

Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.

Do'stlik nishonasi balolardan, ofatlardan, mashaqqatlardan xursand bo'lish emasmi? Do'st oltin kabidir. Balo esa olovga o'xshaydi. Asl oltin olov ichida sof holga keladi.

Hayo chiqib ketgan eshikdan balo kirib keladi.

Эҳтиётдан ёпиб қўйилган эшик минг балони даф қилади.

To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, uylanish - bir balo, ammo kerakli balo.

Xastalik va muhtojlik — bular ikkalasi shunday bir baloki, hatto xutbon (eng taxir, achchiq ichimliklardan hisoblanadi) ichimligidan ko‘ra ham achchiqroqdir.

“Mana Buyuklar” kanali