Biznesda buyuk narsalar hech qachon bir kishi tomonidan qilinmaydi, balki, jamoa bilan qilinadi.

Jamiki buyuk narsalar oddiy. Ularni yagona so‘zlar bilan ham ifodalash mumkin: ozodlik, adolat, g‘urur, burch, saxovat, umid.

Agar siz buyuk ishlar qila olmasangiz, kichik ishlarni buyuklik yo'lida qiling.

Agar xalqda buyuk islohotga ehtiyoj haqiqatan ham paydo bo‘lgan bo‘lsa, xudo ham uning tomonida bo‘ladi va muvaffaqiyat unga yor bo‘ladi.

Tabiatning buyuk kitobi matematik belgilar bilan yozilgan.

Barcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar.

Buyuk ishlar qilishning yagona yo’li bu - qiladigan ishingizni sevib qilishingizdir.

Ko`pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.

Bugun biror bir darding, g'aming bo'lsa, Rabbingga yuzlanib: "Mening og'ir dardim, g'amim bor", - demagin, balki darding, g'amingga qarab: "Mening buyuk Rabbim bor", - degin

Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.

Haqiqiy iste’dod ato qilingan kishi buyuk o‘tmishdoshlar bilan muomala qilishga ichki ehtiyoj sezadi va ushbu ehtiyoj uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi.

Буюк ҳақиқатлар энг оддий ҳақиқатлардир.

Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.

Eng buyuk rohat, insonlarga muhtoj bo'lmaslikdir!

“Mana Buyuklar” kanali