O‘z vaqtida, me'yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.

Ro‘za tutish - qiyindir, azobdir. Ammo Alloh bandasini O‘zidan uzoqlashtirishidan, bir dardga giriftor qilishidan ko‘ra yaxshiroqdir.

Dardim og‘irroq tog‘din, xoshokdin jismim yengil.

Dardli odamning beqarorliklar va tumanlarga to‘la bir uyi bor. Dardini eshitsang, uyiga bir deraza ochgan bo‘lasan.

Har narsaga siqilma ey ko‘ngil, na bu dardlar qoluvchi, na bu umr.

Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?

Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?

Мен дардимни на дўстимга ва на душманимга айтаман. Зеро дўстим хафа бўлса, душманим севинади. Менинг ҳолимни энг яхши биладиган Аллоҳимдир.

Дард аҳлининг нафаси бир ўтдурким, қаттиқ кўнгулни юмшатур ва қуруқ кўзни йиғлатур.

Olmos ishlov berilmay sof bo'lmagani kabi inson ham dard-iztirob chekmay komil bo'lolmaydi.

Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.

Bugun biror bir darding, g'aming bo'lsa, Rabbingga yuzlanib: "Mening og'ir dardim, g'amim bor", - demagin, balki darding, g'amingga qarab: "Mening buyuk Rabbim bor", - degin

Дардим оғирроқ тоғдин, хошокдин жисмим енгил.

Hamdardlik dard chekishdan ko’ra azobliroqdir.

Bir dardni yengib o'tgan insonni bir omad kutib turadi.

“Mana Buyuklar” kanali