Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi.

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir

Davlatlar shoirlarning qalbida tug‘iladi, siyosatchilarning qo‘lida o‘sadi va o‘ladi.

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.

Odamzod tiriklikni davlat bilsin, Aql topsin, mol topsin, halol yursin.

Uzoq-yaqindan biron kishi kelib, mening majlisimga kirar ekan, qaysi toifadan bo‘lsa ham, davlatim dasturxoni ne’matidan uni quruq qaytarmasinlar.

Tirikchiligiga kifoya etarlik davlatga ega bo'lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, ortiqchasini talab qilgan kishi benihoya qayg'u alamlarga giriftor bo'ladi.

Boy bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilish kerak: halovat, salomatlik, goho balki vijdonni ham... Yo‘q, mening bunga qurbim kelmaydi, men unchalik badavlat emasman.

Biror davlat integratsiyadan bosh tortsa, shikoyat qilib yoki qo’lni qovushtirib o’tirmay, usiz ham harakat qilaverish kerak.

“Mana Buyuklar” kanali