Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.

Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.

Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.

Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.

Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.

Shodli va qayg‘uli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof do‘stlikni saqlab qolgan kishi chin do‘st hisoblanadi.

Dunyoni bilmakka idroking garov, Zehn quymoqqa dili poking garov. Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa o’quv, Sanga lozimdur o’quv birlan o’quv.

To'rt narsani to'rt narsadan, yani dilni hasaddan, tilni yolg'ondan va g'iybatdan, qilgan ishingni ko'z-ko'z qilishdan, qorningni harom-xarishdan pok tut, shundagina chin odam hisoblanasan.

Илм ила кимнинг дили равшан эрур, У замон ичра саломат тан эрур.

“Mana Buyuklar” kanali