Haqiqiy do`st boshga kulfat tushganda bilinadi.

Jahonning shodligi yig'ilsa butun, Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun.

Oyna - mening eng yaqin do‘stim, chunki yig‘layotganimda u hech qachon kulmaydi.

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.

Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!

Ey do’st, darding nima bo’lsa bo’lsin, Umiding har zamon Alloh bo’lsin.

Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!

Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.

Яқин дўсти бор киши чинакам бахтиёр кишидир. У дўст муносиб ҳаёт тарзига эга, ёқимли хусусиятлар соҳиби бўлиши лозим. Ана шундай чин дўст ҳар бир кишида битта бўлади. Бундан ортиқ бўлмайди.

Нохуш хабарни чин бўлса ҳам дўстингга етказма; бировдан айб кўрсанг юзига солма. Қўявер, ўша чин хабарни душман етказсин ва сен сабр қил, у айб можаросини душмани қилсин.

Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas.

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi.

“Mana Buyuklar” kanali