Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir.

Mas’uliyat - bu odamlar qo‘rqadigan narsa. Vaholanki, aynan mas’uliyat bizni bu dunyoda o‘sishimizga, taraqqiy etishimizga yordam beradi.

Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofat, yo oldindan aytish

Hamma dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi, lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.

Bu dunyoda muvaffaqiyatga erishgan odamlar - zarur narsalarni qidiradilar, agar topa olmasalar o'zlari uni yaratadilar.

Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.

Dunyoning sen bilan ishi yo‘q. Dunyo faqat muvaffaqiyatga erishishingni kutadi, qadr-qimmatingni ko‘z-ko‘z qilishingni emas.

Ikkovi uchun ham osmon bitta, ammo zog‘ning dunyosi boshqa, lochinniki boshqa

Dunyo binolari ichida eng buyugi maktab bo‘lsa, kasblarning orasida eng sharaflisi o‘qituvchi va murabbiylikdir.

Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – Ona mehri!

Dunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammadni (alayhissalom) yozib qo‘ysam, ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar? Boshqalar buni ehtimol boshqacha tushunishar? Nima bo‘lganida ham, u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo‘tabar maqomga munosibdir.

Agar biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur.

Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o'tdi, ertaning bo'lishi noma'lum. Shunday ekan, bugungi kunni qadrlash lozim.

Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.

Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.

“Mana Buyuklar” kanali