Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.

Ustod debdirkim: — Bitta qorin g‘ami bilan Qunni kech qilmoq og‘ir. Hammaning ko‘ngli shu bo‘lsa, Dunyo oxir bo‘pti, oxir!

Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko‘rishdan ham ulkanroq quvonch yo‘q. Men doim qo‘limdan kelganicha, kezi kelganida dastxatlar ulashib bolalarga shodlik ulashishga urinaman. Bolaning kulgisi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni uylanishdan oldin qil! Uylangandan keyin televizordagi kanalni o‘zgartira olsang, shuning o‘zi dahshatli g‘alaba hisoblanadi.

Болалар дунёни билмаганлари, ундан зерикмаганлари учун беғубордир ва ўйнамоқ орзуси билан яшайдилар.

Dunyoni o‘zgartirish istagidagi inson avvalo o‘zi o‘zgarmog‘i lozim.

Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.

Dunyo kitobdir, va sayohat qilmaganlar uning bir sahifasini o'qigan xolos.

Дунёдаги ҳар бир катта-кичик касбнинг фазилатларини айтиб ўтиш учунгина ҳам биттадан роман яратса бўлади.

Dunyo – olimning qiymatsiz o‘yinchog‘i, ahmoqning esa qiymatli arg‘imchog‘i.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bi lan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.

Дунё дорул-ҳаводисдур ва анга кўнгул боғламоққа ғафлат боисдур.

Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.

“Mana Buyuklar” kanali