Eng badbaxt, eng bechora inson-ustida dunyoning faqirligi bilan oxirat azobi birlashgan insondir.

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!

Hozirgi davrda istagan kishi yaxshi pul ishlay oladi. Biroq barqaror daromad olish, jamiyat oldidagi mas’uliyatni his qilish va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish qiyinroq.

Pulni yo‘qotish – katta yo‘qotish emas. Yana pul ishlashga shoshil. Or-nomusni yo‘qotish – katta yo‘qotish. Shon-shuhrat qozonsang, odamlar o‘z fikrini o‘zgartiradi. Mardlikni yo‘qotish – barcha narsani yo‘qotish. U holda bu dunyoga kelmaganing yaxshiroq bo‘lar edi.

Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin.

Doimo kulib turuvchi erning xotini dunyoda eng yaxshi xotindir.

Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi.

Bu o‘tkinchi dunyoda adib degani shaxs bo‘lib qolishi kerak.

Dunyoni ko'r, sayr qil, ichiga kir. Ammo ehtiyot bo'l-dunyo sening ichingga kirmasin.

Men hech qachon shunchaki kompaniya yaratishga harakat qilmaganman. Ko‘pchilik daromadlar va shu kabi kirimlar meni qiziqtirmaydi, deb xato o‘ylashadi. Aslida men uchun «shunchaki kompaniya bo‘lmaslik» haqiqatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, dunyoni o‘zgartiruvchi nimadir yaratishni anglatadi

Ҳақиқатнинг букилмас бир табиати шуки, у фақат бир нарсани - дунёда эркин кўз очмаслик ҳуқуқини талаб қилади ва истайди. Қуёшни тасвифлаб ўтиришга ҳожат йўқ - бусиз ҳам уни зулматдан ажрата оладилар.

Dunyo mo'minning zindoni, kofirning jannatidir.

Sen yetmish yoshga kirgan bo‘lsang-da, hamon arslon misoli yirtqich hayvonsan, chunki, mol-dunyo hirsida mudom qo‘lingni (har tomonga) cho‘zasan.

Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va mav’izayu hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir.

Dunyoni raqamlar boshqarmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali