Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Dushmanning kulgani — siringni bilgani.

Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!

O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

Нохуш хабарни чин бўлса ҳам дўстингга етказма; бировдан айб кўрсанг юзига солма. Қўявер, ўша чин хабарни душман етказсин ва сен сабр қил, у айб можаросини душмани қилсин.

Dushmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

Мен дардимни на дўстимга ва на душманимга айтаман. Зеро дўстим хафа бўлса, душманим севинади. Менинг ҳолимни энг яхши биладиган Аллоҳимдир.

Og‘zingga qon to‘lsa ham dushman oldida tupurma.

Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman

Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim

Qush tilini o‘rgangan kimsa, qush hisoblanmaganidek ayni damda qushlarning dushmani va ovchisi hisoblanadi.

“Mana Buyuklar” kanali