Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.

Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.

Har g‘aniyki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay.

Kimki Allohdan qo‘rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo‘lida ehson qilsa, Alloh uning o‘rnini to‘ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo‘lmas!

Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.

Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.

Ehson qilgan kishining minnati ehsonini yo’qqa chiqaradi

Miyangdagi borini chiqarib tashla, qo‘lingdagi borini ehson qil va boshingga nima kelsa xotirjam qarshila.

Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.

Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.

“Mana Buyuklar” kanali