Eng katta boylik — bu qanoat.

Dunyodagi eng huzursiz inson, qalbida kibr va adovat bor insondir.

Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.

O‘g‘rilar orasida eng zararlisi ahmoqlardir. Ular bir vaqtning o‘zida vaqtimizni va kayfiyatimizni o‘g‘irlaydi.

XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.

Johil uchun eng yaxshi ish jim turishdir. Vaholanki, u buni bilganida johil bo’lmas edi.

Xafa bo’lganini bildirishning eng yaxshi yo’li sukut qilishdir.

Eng buyuk rohat, insonlarga muhtoj bo'lmaslikdir!

Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

O‘zni tanimoq, eng buyuk ma’rifatdir.

Қилаётган ишингни севишинг керак, ана шунда меҳнат — ҳатто энг оғир меҳнат ҳам — ижодга айланади.

Eng asosiysi pul emas.

Boylik - hayotimizdagi eng muhim narsa emas.

Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo'lishga harakat qiling,zero axloq qonunning asosidir.

Ayol kishiga eng haqqi kop kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi kop kishi-- onasidir.

“Mana Buyuklar” kanali