Mashaqqatsiz hayot yo‘q bunda aslo, Ezgulikni kurmasdan umr bitar.

Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat

Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan narsalarga qahrltg bo‘lmoqlikdir.

Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham.

Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.

Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq payqaydi.

Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak: har qanday paysalga solish bema’nilik va ko‘pincha xavflidir.

Ezgu ish mashaqqat mahsuli, lekin bu bir necha bor takrorlansa ko‘nikmaga aylanadi.

Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.

Birovga qilingan yaxshilik kishini shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa o‘xshab oxiri o‘chib ketmaydi qaytaga yanada yorqinlashib o‘zimizga qaytib keladi.

“Mana Buyuklar” kanali