Одами эрсанг демагил одами, Ониким йўқ халқ ғамидин ғами.

Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?

Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?

Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.

Bugun biror bir darding, g'aming bo'lsa, Rabbingga yuzlanib: "Mening og'ir dardim, g'amim bor", - demagin, balki darding, g'amingga qarab: "Mening buyuk Rabbim bor", - degin

Gul tikandan xoli bo'lmaganidek, yaxshi kishi ham g'amu ozordan ozod emas.

Ғам ва хафагарчилик – заифликнинг васфидир.

Ochko‘zni mahrum, dunyoparastni g‘amgin ko‘rdim. Eng yaxshi savol-javobni kishining o‘z nafsi bilan hisoblashishda, oqilni oxiratga, johilni dunyoga intilishda ko‘rdim. Nafsni sharmandalik va do‘zax sari (odamlarni) haydashda ko‘rdim.

Агар отинг йўқтур, арпа ғамин емассан.

G'aming oshsa, daryo yoqala, Shodlik oshsa, mozor yoqala.

Bandalarga xavfu qayg'udir yemish, Gar sevinch kutsang, nasibang g'am emish.

Do'stlarning g'am - qayg'usiga sherik ekaningizni ko'rsatish ular bilan birga motam orqali emas, ularga yordam qo'lini cho'zish bilan bo'ladi.

Тенглик ҳукм сурган жойда сотқинлик, алдамчи эҳтирослар, ғам-ғусса бўлмайди.

“Mana Buyuklar” kanali