Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.

Jahonda bo‘lmasa muallim agar, Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

Inson – mo‘jiza, dunyoda yagona mo‘jizadir… Inson! Shu bir kalima so‘z bilan ko‘ksimda quyosh tug‘ilganday bo‘ladi, uning yorqin nurida zahmatkash, go‘zal Inson olg‘a va yuksaklikka qarab salobat bilan yurib ketayotgandek!

Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.

Xulqlarning barchasi o‘z tabiati bilan go‘zal, yomon xulq-atvorlarga esa keyin erishilgan bo‘ladi.

Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch, insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi.

Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.

Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

Yashamoq yaralanmoqdir. Yaralanmoq ham go‘zal.

Karamli (kishi) go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali