Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

Qo‘l yoki oyoqni nojo‘ya ishlatsang — falokatga, tilni nojo‘ya ishlatsang — halokatga yo‘liqasan.

Rost gapiringlar, agarchi rostlikda halokat bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida najot rostlikdadur. Yolg'on gapirmanglar, agarchi yolg'onda najot bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida unda halokat bordur.

Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.

Ko‘p so‘zlar borki, ular seni jangu jadalga solib, halokatga giriftor qiladi yoki ulardan qaytarsa ham yelka chuquringni gul kabi qizargan holga keltirgandan keyin qaytaradi (ya’ni ko‘p mashaqqatlardan keyin).

Halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.

Tunu kunni o‘tkazaman-u, lekin bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq bo‘lmayotir, chunki zamona kundan-kunga halokatga tomon bormoqda, shunday ekan, kechagi kun bugungidan avloroq, bugungi kun esa ertagidan yaxshiroqdir.

“Mana Buyuklar” kanali