To'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash.

Halol rizq topish uchun intilish har bir musulmon uchun farzdir.

Ibodat o'n qismdir. uning to'qqiz qismi halol rizq qidirishdir.

Halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.

Odamzod tiriklikni davlat bilsin, Aql topsin, mol topsin, halol yursin.

Harom yeydigan odamni tana a'zolari xohlasa-xohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamniki esa toatga.

Bir umr baxtli bo‘lishni istasang - halol umrni hamisha afzal ko‘r.

Halol kasb qilish tog‘ni ko‘chirishdan og‘irdir.

Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik.

“Mana Buyuklar” kanali