Aqlli kishi ikki yomon ishdan yaxshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.

Bu olamda yo‘qotishlar ichidagi eng og‘ir yo‘qotish insonning o‘zligini yo‘qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e’tiqod bilan, ishonch bilan tirik va butun. O‘zlikni yo‘qotmoq ana shu olamdan judo bo‘lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning — ustunlarning sinmog‘idir.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun sizga ikki narsa kerak: bilimsizlik va ishonch.

Iymon - ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofoti esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.

Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o‘z-o‘zidan kela qoladi.

Умид – ишонч йўлининг боши.

Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.

Mendagi g‘ayratning omili pul emas. Mening shijoatim uchun koptokning oyog‘imda bo‘lishidan ham muhimroq omil yo‘q. Ishonch bilan aytishim mumkinki, havaskor o‘yinchi bo‘lgan taqdirimda ham hozirgidek o‘ynagan bo‘lar edim.

Odamlarga har qancha ishonsang ham sirlaringni o‘zingda qoldir!

Eng yomon narsa insonga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi: mengami, sengami yoki ungami — farqi yo‘q.

Yozilgan kitob nusxasining to‘g‘riligi ko‘z qorachig‘ining boqqaniga bog‘liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar.

Agar o‘zingga ishonsang, hamma narsani imkoni bor.

Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.

Boshqalar ishonib topshirgan ishni yaxshi ado etolsam — rohatlanaman. Boshqalar ishonqiramasdan, ­ikkilanibroq topshirgan ishni bajarolsam —­lazzatlanaman.

Hech bir odam o‘zini nol deb hisoblamasligi va bu dunyodagi vaziyatni qanday qilib bo‘lsa ham o‘zgartira olishiga ishonishi kerak.

“Mana Buyuklar” kanali