Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.

Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.

Ko‘rdimki, shaytonning xaloyiqqa sulton bo‘lib olishi dunyoni yaxshi ko‘rishlikda ekan. O‘liklardan ularning holatlari, (qolgan) uylari va molu davlatlaridan ibratlanmagan kimsalarni nodonlikda, Olloh belgilab qo‘ygan hadlardan oshgan kimsalarni esa baxtsizlikda ko‘rdim.

Ilmu ma’rifatli odam takabburlik qiluvchi doimo nodon kimsalarning burnini to‘zon-tuproqqa to‘ldirur.

Асра ўзунгни биров озоридин, Кимсага озурдалиқ изҳоридин.

Pastkash kimsaning o‘z nasl-nasabini maqtab, u bilan faxrlanishi, chanqoq kishining suv shu’lasi (sarobi) ni ko‘rib aldangani kabidir.

Mansab ilinjida bo‘lgan (qaram) kimsalarning tomirlari-kesilgandir, ular oladigan farmonlari esa bir-biriga zarba beruvchilardir.

O‘z va’dasida turmagan, turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali