Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?

Haqiqiy do‘stlar qo‘l bilan ko‘z kabidirlar. Qo‘l og‘riganda ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganida, qo‘l uni artadi.

Дард аҳлининг нафаси бир ўтдурким, қаттиқ кўнгулни юмшатур ва қуруқ кўзни йиғлатур.

Modomiki, hammaning gunohini bekitolmaysan, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol.

Ko'z yoshlar, ko'ngil otashini sundirmoq uchun oqar.

Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.

Ko‘ngil bog‘, ko‘zlar bulutdir. Bulut yig‘lasa bog‘lar yashnagay.

Xira ko‘zning gunohi zulmatni sevish va yorug‘likni yomon ko‘rishdan (iborat).

O'tgan kun haqidagi: "Men uni qanday o'tkazdim, nimalar qildimu, nimalarga ulgurolmadim?" degan savolga javob topilmaguncha ko'zlaring uyquga ketmasin.

Ko‘zi bilan kuladigan, ko‘zi suzilib turadigan yoki ko‘zlari olma-kesak teradigan odamdan halol odam chiqishi amri mahol...

Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir

Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin

“Mana Buyuklar” kanali