Бошни фидо айла ато қошиға, Жисмни қил садқа ано бошиға. Тун-кунингға айлагали нур фош, Бирисин ой англа, бирисин қуёш.

Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.

Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: 1. Dunyoga kelgan kuni, 2. Nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni.

Yorga yetkur sabo, kim makr qilmishdir mang‘a, Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun ang‘a.

Tunu kunni o‘tkazaman-u, lekin bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq bo‘lmayotir, chunki zamona kundan-kunga halokatga tomon bormoqda, shunday ekan, kechagi kun bugungidan avloroq, bugungi kun esa ertagidan yaxshiroqdir.

O'tgan kun haqidagi: "Men uni qanday o'tkazdim, nimalar qildimu, nimalarga ulgurolmadim?" degan savolga javob topilmaguncha ko'zlaring uyquga ketmasin.

Ustod debdir: — Ko‘kdan uzilsa ko‘ngil, Suvdan kutmasam ko‘klik,— O‘lganim o‘shal kundir!

Kulgisiz o'tgan kun bekor o'tgan kunga o'xshaydi.

Ertangi kunidan hadik-xavotirda yashaydigan odam nafaqat halovatidan, hatto chin turmushidan ham mosuvo bo’ladi. Bas, shunday ekan, o’tayotgan kunni, vaqtni o’z holiga qo’ying!

Ham erur kun tabiatlar el ichra mumtoz.

G'amgin qaro kunda kimki senga yor, Shodlik kuningda uni unutma zinhor.

Hech qachon bo'sh kelmang aziz bolalarim ertangi kun bizniki, marra bizniki.

“Mana Buyuklar” kanali