Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

Kurash hayot sharoitidir: kurash tugaganda hayot ham tugaydi.

Ko‘pincha kambag‘allik deganda ochlik yoki uysizlikni tushunamiz. Aslida keraksiz bo‘lib, muhabbat va g‘amxo‘rlikka zoriqish chinakam yo‘qsillikdir. Har kim bu baloga qarshi kurashni o‘z oilasidan boshlamog‘i lozim.

Kimki menga kelib qo‘shilsa ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi.

Oqil odam ehtiros bilan kurashadi, tentak esa uning quliga aylanadi.

Эзгу тушунчалар ёвуз тушунчалар ўрнини эгалламоғи учун курашмоқдамиз.

Ҳар бир олим ўз муҳокамасида амалиётга асосланиши, ўз тадқиқотида аниқ бўлиши, тўхтовсиз меҳнат қилиши, хатоларини қидириб тузатиши, илмда ҳақиқат учун ҳар хил уйдирма, юзакичиликка қарши кураш олиб бориши зарур.

Tarixni omma bilan shaxs orasidagi muntazam kurash yaratadi.

O‘zing xohlagan narsalar uchun kurashmasang, yo‘qotadigan narsalaring uchun ham yig‘lama.

Ilm nihoyasiz kurash demakdir.

“Mana Buyuklar” kanali