Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.

Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.

Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.

Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad-gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?

Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.

Сўз кўпайганда мақсад унутилади

Hayot muhit emas, ma’no va maqsad yo‘qligi bois qiyinlashadi.

Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi»

Bir-kishining aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qat’iyatli mehnati, ko‘pchilikning faqat istaklargagina asoslangan urinishidan nafliroqdir.

... jo’rttaga o’z so’zida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biron foyda yetkazmaydi

Agar baxtli hayot kechirishni xohlasangiz, hayotingizni odamlarga yoki narsalarga emas, balki maqsadga bog'lang.

Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.

Rejasiz maqsad bu - shunchaki orzudir.

Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.

“Mana Buyuklar” kanali