Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi.

Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Karamli (kishi) go‘zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi.

Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni pandu nasihating va mav’izayu hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan ko‘ra xayrliroqdir.

Dunyoning azizligi mol bilan, oxiratning azizligi solih amallar bilan.

“Mana Buyuklar” kanali