Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli bo‘lsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi.

Muhabbat bobida ayollar erkaklarga nisbatan ancha sermulohazakordirlar, chunki muhabbat ayol uchun tom ma’nodagi ulug‘ narsa va butun hayotining mazmunidir.

Yolg‘izlik — odam bo‘lmaydiganning hurmati va muhabbatidan yaxshiroqdir.

Ko‘pincha kambag‘allik deganda ochlik yoki uysizlikni tushunamiz. Aslida keraksiz bo‘lib, muhabbat va g‘amxo‘rlikka zoriqish chinakam yo‘qsillikdir. Har kim bu baloga qarshi kurashni o‘z oilasidan boshlamog‘i lozim.

Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.

Ақл ҳаж қилиш учун туя топгунча, муҳаббат Каъбани бир марта айланиб бўлди.

Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta. Sen bularning orasini aralashtirma, tag‘in nadomat qilib yurmagin.

Бузуқ одамлар - муҳаббат деб аталмиш улуғ туйғудан мосуво одамлардир. Шунинг учун уларда уят ҳисси ҳам йўқ. Улар муҳаббатни ҳам тиланиб оладилар, негаки эҳтиёж сезадилар. Улар муҳаббат ўрнида ўзларининг ҳеч нарсага арзимайдиган туйғуларини тавсия этадилар, негаки уларда бошқа ҳеч нарса йўқ.

Муҳаббат - шахсий ҳаётимизни безайдиган, унга самара бағишлайдиган ноёб гул; у ҳам барча гуллар каби очилиб, кўкка интилган сайин энг афзал томонларини намоён қила бориш керак.

Модада кўзланадиган мақсад иккита: қулайлик ва муҳаббатдир. Гўзаллик эса ушбу мақсадларга эришилгач, ўзидан ўзи юзага келаверади.

Буюк одамдан биз аввало ҳақиқатга муҳаббатини талаб қиламиз.

Shamol shamni o‘chiradi. Shunga o‘xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovitishi mumkin, chin muhabbatni o‘t oldiradi.

Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.

Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.

“Mana Buyuklar” kanali