To‘rt narsa to‘rt narsaga, ya’ni ulug‘lik - odob, tarbiyaga, xursandchilik - xotirjamlikka, yaqinlik - do‘stlikka, aql - tajribaga muhtojdir.

Агар муҳтож бўлмасанг, Каъбанинг ёнида туриб ҳам уни кўра олмайсан.

Muhtojga bir tanga qarz berish, ming tanga sadaqa qilishdan afzaldir.

Eng buyuk rohat, insonlarga muhtoj bo'lmaslikdir!

Xastalik va muhtojlik — bular ikkalasi shunday bir baloki, hatto xutbon (eng taxir, achchiq ichimliklardan hisoblanadi) ichimligidan ko‘ra ham achchiqroqdir.

Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.

Inson gapirishni o‘rganishi uchun ikki yilga muhtoj bo‘ladi. Jim turishni o‘rganishi uchun esa, ellik yil kerak.

Hadyani shunday muhtoj kishiga beringki, u hadyaga javob qaytarishni o'ziga musibat deb bilmasin. Aks holda unga hadya bergandan bermagan yaxshiroqdir.

Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar.

“Mana Buyuklar” kanali