Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.

Har mamlakat va diyor sayohatchilariyu musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakatga va diyorga borib turish uchun savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular o‘shal mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar.

Hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g‘azabiga duchor bo‘lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.

Bolaga yomon so‘zlar aytishingiz uni aka-ukalari va siz bilan ham xuddi shunday muomala qilishga o‘rgatadi.

Yaqin kishilarimizga o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur etamiz.

Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, qo‘rqma, zarari yo‘q, ziyoni yo‘q, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.

“Mana Buyuklar” kanali