Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.

Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish ­bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ­ishlarning quvvati va manbasidir.

Yomon nafs — yirtqich qushdir.

Obidning ibodati nafsini, odilning adolati olamni isloh etar.

Insonlarni doimiy tobe bo‘lib yashashlari, boshqalar tomoni-dan o‘z nafsini masxara qilinishga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini qiziqqon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobe’ bo‘ladi.

Ey havoyu havasga berilgan nafs, tez bo‘l. Chunki sen bir nafasning himoyasidasan.

Vaqtlarning yaxshirog'i-nafs senga g'olib bo'lmagan vaqtdir, vaqtlarning yomonrog'i- nafs senga g'olib bo'lgan vaqtdir.

Ochko‘zni mahrum, dunyoparastni g‘amgin ko‘rdim. Eng yaxshi savol-javobni kishining o‘z nafsi bilan hisoblashishda, oqilni oxiratga, johilni dunyoga intilishda ko‘rdim. Nafsni sharmandalik va do‘zax sari (odamlarni) haydashda ko‘rdim.

Nafs o‘z tuzilishiga moyildir, qush o‘z zotiga tortadi.

Ўз нафсингга ҳоким бўлмасанг, уни ўз ҳукмингда тутасан. Акс ҳолда ундан ғолиб чиқиб, ушлаб тура олмайсан.

Ma’rifatning chegarasi — nafs va uning istak-xohishidan xoli bo‘lishdir.

Nafs iti doimo akillab turadi.

“Mana Buyuklar” kanali