Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam «men baxtliman» deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, baxtim yetarli, degan emas.

Bizning dunyomiz – bizning o‘y-qarashlarimizning aksidir: ongni o‘zgartirmay turib, bu olamni o‘zgartirish imkonsizdir.

Obidning ibodati nafsini, odilning adolati olamni isloh etar.

Men ko‘p joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmog‘ini tishlab turuvchidan boshqani ko‘rmadim.

Falak - juft soqqa, olam taxtasidir, ajal o‘ynaydi - bizlar donai xom.

Olamdagi barcha narsalar bir-biriga shu darajada chambarchas bog‘lanib ketganki, ulardan birini boshqalarisiz va yaxlit holda olmay turib anglab bo‘lmaydi.

Оламга эшикнинг тирқишидан қараш керак эмас.

Olamda erishish mumkin bo‘lmagan narsalar juda kam. Agar bizda qat’iyat ko‘proq bo‘lganida istagan maqsad sari eltadigan yo‘lni topa olardik.

Хурсанд одамга бутун олам қувноқ кўринади!

Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi.

Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo’la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va yolg’izlikdagi sayrlar.

“Mana Buyuklar” kanali