Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Olijanob (kishi) zafarining karomati (shundaki), agar qo‘lga kiritsa, (boshqalarga) beradi, pastkash zafarining qabihligi shundaki, qo‘lga kiritsa, yana (ko‘proq) kiritishni istaydi.

Olijanob va himmatli odamning «go‘shtini» hasad ahli «eydi», go‘yo qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani misoli.

Yordamni olijanob kishilardan so’rang.

Davlatning gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati beshak olijanob xulq-odobga bog‘liq, olijanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir.

“Mana Buyuklar” kanali