Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.

Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam «men baxtliman» deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, baxtim yetarli, degan emas.

Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi: — Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa, harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa, ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…

Kek aslida aziyat bergan narsaning fikrda takrorlanishi bilan hamda undan o‘ch olish orzu-hayolining takrorlanishi bilan paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishiga g‘azabning bir qadar davom etishi ham sabab bo‘ladi.

Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda ko‘rmaslikni orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni o‘ziga olishni orzu qiladi.

Болалар дунёни билмаганлари, ундан зерикмаганлари учун беғубордир ва ўйнамоқ орзуси билан яшайдилар.

Rejasiz maqsad bu - shunchaki orzudir.

Agar uni orzu qila olsang, demak uni qila olasan.

Umid - orzuning uyg'onishidir.

Кўрдимки, умр ва дунёдан кўра тез ўтиб кетадиган, ўлим ва охиратдан кўра яқинроқ, орзудан кўра узунроқ, хотиржамликдан кўра гўзалроқ нарса йўқ экан.

Men jahon chempioni bo‘lishni o‘zgalarning menga nisbatan hurmatini oshirish, yoki buyuklik uchun orzu qilmayman.

Men hech qachon boyib ketishni orzu qilmaganman. Buni hatto xayolimga ham keltirmaganman. Men faqat bir narsani – oʻz hayotimda nimagadir erishishni istardim.

Agar er kishini xavotirlik ipi kishanlab qo‘ygan bo‘lsa, orzu-umid ulovi tomon qo‘zg‘ololmaydi.

Tajriba amalda qilish bilan to'planadi, orzu qilish yoki o'ylash bilan emas

Hamma ham nimagadir qodir. Gap shundaki, ko‘pchilik kimligi va imkoniyatiga yetarli baho bermasligi tufayli orzulari sari olib boradigan qadamni bosishga jur’at qilmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali