Bolalar o‘z otalaridan meros qilib oladigan uch afzal narsa bor: xushmuomalalik, odob va sadoqat.

Istak — fikrning otasi.

Men ota bo‘ldim. Bu – hayotdagi ulkan o‘zgarish pallasi. Otalik hayotga boshqacha boqishingni ta’minlaydi. Endi farzandim – mening hamma narsam.

Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama.

Ustod aytibdir: — Ota-onangni tirik kuydirib, bedarak ketma; Ketsang… Manzil tut, muqim tur, nazardan yitma!

Taniqligu sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandir.

Bizni savodsizga chiqarganlarning ajdodlari oyog'iga latta bog'lab yurganda,bizning ota-bobolarimiz yulduz sanagan.

Kim otasini va onasini la’natlasa, uning o’zi ham la’natlangandir.

Ota-ona vujud me'mori bo'lsa, muallim qalb me'moridir.

Biz o‘zimiz ota-ona bo‘lmagunimizcha, ota-ona muhabbatini anglay olmaymiz.

“Mana Buyuklar” kanali