Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.

Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.

Ақл ва қалбсиз инсон туйғуларининг ҳеч бири ҳаракатга келмасди.

Yomon gumon qalbning g'iybatidir

Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.

Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.

Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.

Kengash ikki turli bo‘lur: biri — til uchida aytilgani, ikkinchisi — yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.

Tilning tavakkuli da’vo qiladi, ­qalbning tavakkuli ma’no beradi.

Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir!

Халқнинг қалбига узоқдан қўл солиб бўлмайди, қўл солиш учун унинг олдига бориш керак.

Рашк шубҳа эмас. У қалб мулкининг мудофаасидир. (Айман Ёғий, Mubashshir Ahmad)

Davlatlar shoirlarning qalbida tug‘iladi, siyosatchilarning qo‘lida o‘sadi va o‘ladi.

Kasalga obu taom berilmasa, o‘lgani kabi qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi.

Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir.

“Mana Buyuklar” kanali