Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish ­bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ­ishlarning quvvati va manbasidir.

Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.

Dunyodagi eng huzursiz inson, qalbida kibr va adovat bor insondir.

Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa to‘yib ovqatlanishdir

Қасд олишдан майда ва пасткаш қалбгина роҳатланади.

Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin.

Musiqa qalbning sirli arifmetikasidir; u o’zi bexabar holda hisoblaydi.

Qalb eshigimizni qoqqanlarga qalbimizni ochdik…

Har bir kuningizni ijobiy fikr va minnatdor qalb bilan boshlang.

Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo‘lganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi.

Zahar tanani o'ldirganidek, gunohlar ham qalbni o'ldiradi

Qalbga uch kun ilm berilmasa u o'ladi.

Yaxshi tanqidchi nafaqat o‘qigan asarlarini tahlil qiladi, balki u o‘z qalbining kechinmalari — sarguzashtlarini ham bayon qiladi.

Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.

“Mana Buyuklar” kanali