Xijolat va tortinchoqlik qayg‘u va yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir. Bundan inson o‘zining o‘tmishi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqei qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini o‘zi koyiydi.

Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.

“Ишқ толе қуёшидир, қайғули диллар тиканзори у туфайли гулшан бўлур. Ишқ порлаган тўлин ойдир, зулмат кўнгиллар кечаси у туфайли нурафшондир”.

Tirikchiligiga kifoya etarlik davlatga ega bo'lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, ortiqchasini talab qilgan kishi benihoya qayg'u alamlarga giriftor bo'ladi.

Xudo ko‘rsatmasin, agar seni og‘ir qayg‘u-hasratlarning kuchli yellari o‘rab olsa, unda dod-faryodu fig‘onlaring foyda bermas.

Bandalarga xavfu qayg'udir yemish, Gar sevinch kutsang, nasibang g'am emish.

Qayg'u-iztiroblar pashshalarga o'xshaydi: salgina harakatlanish ularni tarqatib yuboradi.

Agar biror qayg‘u-alam yuz bergani yoki ta’ziyali joyni eshitsang, darhol u yerga bor, agar ziyofatu mehmondorchilikka chaqirilsang, unda o‘zing o‘ylab ish tut (o‘zing bilasan).

“Mana Buyuklar” kanali