Nimaiki qonuniy bo`lsa, o`sha adolatdandir

Saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi hazrati Muhammadning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim. Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.

Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar.

Agar kimda-kim barcha qonunlarni o‘rganishni xohlasa, uning qonunlarni buzishga vaqti bo‘lmaydi.

Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq.

Adolatli bo‘lish uchun ko‘p narsalarni bilish shart emas, ammo o‘taketgan adolatsiz ish qilish uchun esa qonunlarni atroflicha o‘rganib chiqishga to‘g‘ri keladi.

Hazrati Muhammadning (alayhissalom) odam bolasi bo‘lgani butun insoniyatga faxrdir. Chunki u zot umumiy bo‘lsa-da, o‘n to‘rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki, biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak, eng mas’ud, eng saodatli nasllar bo‘lamiz.

“Mana Buyuklar” kanali