Hayot choraklardan iborat emas, unda ta’til, sen bilan alohida ishlaydigan muallim yoki rahbar bo‘lmaydi. Vazifalarni shaxsan o‘z kuching bilan va o‘z vaqtida bajarishing shart.
Maktabni tamomlashing bilan yiliga 40 ming dollar maosh olib keladigan ishni topish dargumon. Shaxsiy limuziniga ega kompaniya rahbari bo‘lish uchun shunga yarasha harakat qilish zarur.
Agar o‘qituvchingni qattiqqo‘l va talabchan deb o‘ylasang, rahbaring bilan yaqindan tanishishni ortga sur. Rahbarning muvaffaqiyati sen ishingni qanday bajarayotganingga bog‘liq.
Ҳақиқий рахбарлар деярли ҳеч қачон бақирмайди. Рахбар шундай муҳит яратадики, унда одамлар рахбарни хафа қилишдан хижолат бўлади. Айбдорлик ҳисси ва ҳурмат - қўрқувдан кўра анча самаралироқ турткидир.
Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik.
Ҳақиқий рахбарлар деярли ҳеч қачон бақирмайди. Рахбар шундай муҳит яратадики, унда одамлар рахбарни хафа қилишдан хижолат бўлади. Айбдорлик ҳисси ва ҳурмат - қўрқувдан кўра анча самаралироқ турткидир.
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlariga moyai darmon bo‘lgil.