Жўяли савол билимнинг ярмидир.

Ochko‘zni mahrum, dunyoparastni g‘amgin ko‘rdim. Eng yaxshi savol-javobni kishining o‘z nafsi bilan hisoblashishda, oqilni oxiratga, johilni dunyoga intilishda ko‘rdim. Nafsni sharmandalik va do‘zax sari (odamlarni) haydashda ko‘rdim.

Men biroz ziqnaroqman, nima bo‘libdi? Biror narsaga pul sarflamoqchi bo‘lsam, o‘zimga o‘zim savol beraman – IKEA xaridorlarining ham shunday qilishga imkonlari bormikan… Men doimo birinchi toifa bilan uchishim mumkin, biroq pulning ko‘pligi uni behuda sarflashga sabab bo‘la olmaydi. Yaxshi yetakchi boshqalarga ibrat bo‘lishi lozim. IKEA’ning barcha xodimlari uchun ibrat bo‘lish esa mening burchimdir.

Agar ayol sening savolingga javob bersa - unga ishonma; agar jim tursa - undan ham ko‘proq ishonma. (Kornel Makushinskiy)

Ilm oshkora savoldir. Ishq esa sirli javob

Aqlli bo‘lishni xohlasang, oqil savol berishni, diqqat bilan eshitishni, sokin javob berishni va gap qolmaganda gapirishdan to‘xtashni o‘rgan.

Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.

“Mana Buyuklar” kanali