Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.

Sayyidlar, ulamo, mashoyixlar, oqilu donolar, muxaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o’rniga qo’ydim.

“Mana Buyuklar” kanali