Pulni yo‘qotish – katta yo‘qotish emas. Yana pul ishlashga shoshil. Or-nomusni yo‘qotish – katta yo‘qotish. Shon-shuhrat qozonsang, odamlar o‘z fikrini o‘zgartiradi. Mardlikni yo‘qotish – barcha narsani yo‘qotish. U holda bu dunyoga kelmaganing yaxshiroq bo‘lar edi.

Nafsni tiyishni ham o‘rganish kerak, aks holda, bir kun kelib, u bizni “tiyib” qo‘yishi mumkin. Chunki nafs nafaqat yeyish-ichishga bo‘lgan maylni, balki boylikka, amalga yoki shon-shuhratga bo‘lgan ishtiyoqni ham alanga oldiradi.

Suhbat borki, keskir qilichga o‘xshar, bo‘stonni, ekinni kesib bichar. Suhbat borki, bahorga o‘xshar, har tomonni yashnatib, son-sanoqsiz mevalar tugar.

Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.

“Mana Buyuklar” kanali