Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.

Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!

Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.

Dushmanning kulgani — siringni bilgani.

To'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash.

Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi.

Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin holda zinoga borib, homilador bo‘lgan va keyin siri ochilib qolgan ayolga o‘xshaydi. Alloh taolo ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham Qiyomat kunida xuddi xotin kabi guvohlar huzurida ochib tashlaydi.

​​Muvaffaqiyatning yagona siri odamlarning ko‘ngliga yo‘l topishdir.

O'zgalarni sirini oshkor etish - sotqinlik, o'z sirini oshkor etish axmoqlikdir.

Barvaqt aytib qo‘yib, oshkor qilish zarar keltiradigan bir narsani aytishdan o‘zni tiyib turish ishini inson vijdoniga havola qilinganiga sir saqlash deb aytiladi.

Majhulga ochilgan eshiklardir, kitoblar: ertaklarga, sirlarga, abadiyatga.

Siringni asrash o'zingga maloldir, boshqa birovning uni asramog'i maholdir.

Musiqa qalbning sirli arifmetikasidir; u o’zi bexabar holda hisoblaydi.

Odamlarga har qancha ishonsang ham sirlaringni o‘zingda qoldir!

“Mana Buyuklar” kanali