Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir

Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: birinchi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.

Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.

O'z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi - behuda.

Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.

Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko‘rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yana-da oshirar edim.

Яхши тарбия кўрган одамнинг хислатларидан бири шуки, бундай одам ўз фаолиятида бошқалардан бир қадам олдинга ўтса дарров орқага қарайди, шерикларига ёрдам қўлини узатади, сафини кенгайтириб, янги ғалабани кўзлайди.

“Mana Buyuklar” kanali