Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.

Chim (o‘t o‘lan) kecha oyoqlarim ostida edi, bugun esa ustimda turibdi. Ko‘rayapsanmi, tuproq gunohlardan boshqa har narsani berkitadi?

Tuproq kabi jim qolganimda bilki, chaqmoq qadar osmonni larzaga keltirmoqda faryodim.

Inson moddasi tuproqdir. Ammo ortiqcha loyqanaversa loyga aylanadi.

Ilmu ma’rifatli odam takabburlik qiluvchi doimo nodon kimsalarning burnini to‘zon-tuproqqa to‘ldirur.

Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo‘lganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi.

Ўзбек деҳқони ўз қўлига олган тупроғимиз ҳақиқатан олтин тупроқ бўлиб қолди.

Эй кўнгил, ибрат ол, боқ хар тушган япроққа, У ҳам аввал кўкдан боқарди тупроққа.

Агар Сиз ҳақиқатни яшириб, тупроққа кўмсангиз, у барибир униб чиқади ва кейин шундай кучга айланадики, бир кун келиб, ерни ёриб чиқиб, ўз йўлида учраган ҳамма нарсаларни супуриб ташлайди.

• Тупрокдан ҳам ожизмисан? Тупроқ севгилини топгач бир баҳор туфайли юз минглаб гулларга етишди.

“Mana Buyuklar” kanali